Kuni kecha ot sport turi bo’yicha “Yoshlar kubogi” musobaqasining final bosqichi O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Musobaqa gʼoliblariga:
1-o'rin - Har bir yosh toifasi bo'yicha 4 nafar kishiga 30 million so'mdan jami 120 000 000 soʼmlik vaucher;
2-o'rin - Har bir yosh toifasi bo'yicha 4 nafar kishiga 20 million so'mdan jami 80 000 000 soʼmlik vaucher;
3-o'rin - Har bir yosh toifasi bo'yicha 4 nafar kishiga 15 million so'mdan jami 60 000 000 soʼmlik vaucher taqdim etildi.
Natijalarga ko'ra:
Bolalar musobaqasi-to’siqlar balandligi 110 sm toifasida:
1-o’rin Shakirov Dilshod (Toshkent shahri);
2-o’rin Shakirov Dilshod (Toshkent shahri);
3-o’rin Tolibjanov Abdulaziz (Andijon viloyati);
Umum-hisob musobaqasi to’siqlar balandligi 120 sm toifasida:
1-o’rin-Azizov Temur (Toshkent shahri);
2-o’rin Akramova Elina (Toshkent shahri);
3-o’rin Valijonov Boburjon (Toshkent shahri);
5-6 yoshli otlar musobaqasi-to’siqlar balandligi 115 sm toifasida:
1-o’rin Azizov Temur (Toshkent shahri);
2-o’rin Erkinov Alisher (Farg'ona viloyati);
3-o’rin Usarov Ixtiyor (Toshkent shahri);
Olti to’siq musobaqasi-to’siqlar balandligi toifasida:
1-o’rin Raimjonov Muhammaddiyor (Toshkent shahri);
2-o’rin Gaziyev Bahromjon (Toshkent shahri);
2-o’rin Xotambekov Jasurbek (Toshkent shahri);
2-o’rin Akramova Elina (Toshkent shahri) musobaqada sovrinli o'rinlarni egallashdi.
📌 Mazkur musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 50 nafardan ziyod yosh sportchilar g’oliblik uchun o’zaro bellashishdi.
💐 Yoshlar ishlari agentligi sovrindorlarni qutlaydi va kelajakdagi ishlariga omad tilab qoladi.