Normativ-huquqiy xujjatlar

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida


Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan 


1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilik

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;

yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar;

yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);

yosh mutaxassis — oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan xodim;

yoshlar tadbirkorligi — yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.

4-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

ochiqlik va shaffoflik;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;

yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;

yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

5-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;

yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;

yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;

yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;

yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;

iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;

yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.


6-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar

Yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.

Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Fuqarolar yig‘inlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori.


2-bob. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning borishini umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etadi hamda uni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hamkorligini ta’minlaydi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.


71-modda. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maxsus vakolatli davlat organi:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini tahlil qiladi, shuningdek uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

xorijda o‘qiydigan yoshlar bilan ishlarni tizimli asosda tashkil etadi;

yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining hamkorligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.

Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari hamda tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar to‘g‘risida asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etish talabi bilan so‘rovlar yuborishga haqli.

Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari maxsus vakolatli davlat organi bilan majburiy tartibda kelishiladi.

(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 25-yanvardagi O‘RQ-747-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son)


8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning samaradorligini oshirish uchun yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini ta’minlaydi;

yoshlarning bandligi va ularni ishga joylashtirish siyosati ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi, mehnat bozori va yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish amaliyoti monitoringini tashkil etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


9-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimi

Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:

ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;

davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;

Oldingi tahrirga qarang.

jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlar;

(9-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

madaniyat organlari;

(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)

mehnat organlari;

prokuratura organlari;

ichki ishlar organlari;

adliya organlari;

mudofaa ishlari bo‘yicha organlar.

Oldingi tahrirga qarang.

Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda boshqa organlar va muassasalar ham qonunchilikka muvofiq ishtirok etishi mumkin.

(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)



10-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

ta’lim sifatini oshirishga, malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

manfaatdor organlar va muassasalar bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligining tahlilini amalga oshiradi hamda uning natijalari asosida ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

yoshlarning ta’limi va tarbiyasi sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga ta’limning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi;

ta’lim muassasalarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida sport seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar, klublar tashkil etadi;

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga doir faoliyatda ishtirok etadi;

imkoniyati cheklangan yoshlarga ijtimoiy-psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatadi;

yosh fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)



11-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining va sog‘liqni saqlash muassasalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlar o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibotni tashkil etadi;

yoshlar o‘rtasida tizimli tibbiy tekshiruvlarni tashkil etadi;

imkoniyati cheklangan yoshlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, zaharvandlikka chalingan, ruhiy holati buzilgan, yuqumli kasalliklarga va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklarga chalingan yosh fuqarolarni aniqlaydi, ularni hisobga olishni, tekshiruvdan o‘tkazishni, shuningdek tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshiradi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

12-modda. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlarning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlar:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bo‘lgan intilishni va sportga qiziqishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlar o‘rtasida xalq o‘yinlari, milliy va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishini tashkil etadi;

yoshlar o‘rtasida xalqaro sport aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashda, sport musobaqalarini o‘tkazishda ishtirok etadi;

jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamda respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda iqtidorli va iste’dodli yoshlarning ishtirok etishini ta’minlaydi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

121-modda. Madaniyat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Madaniyat organlari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlar o‘rtasida badiiy ijodiyot, xalq va havaskorlik ijodiyoti targ‘ibotini amalga oshiradi;

yoshlar o‘rtasida kino, teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’atni, sirk, xalq amaliy san’atini va estrada san’atini rivojlantirishga, ularning g‘oyaviy-badiiy va axloqiy saviyasini oshirishga ko‘maklashadi;

yoshlar o‘rtasidagi ommaviy-madaniy va bayram tadbirlari g‘oyaviy mazmun bilan to‘ldirilishini ta’minlaydi, ijodiy uyushmalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

yoshlar o‘rtasida xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda, konferensiyalar va ko‘rgazmalar o‘tkazishda ishtirok etadi;

ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, ularning o‘z iqtidori va iste’dodini to‘laqonli namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

ijodiy safarlar tashkil etilishini hamda madaniyat sohasida xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘riklarda, tanlovlarda, festivallarda, boshqa tadbirlarda iqtidorli va iste’dodli yoshlarning ishtirok etishini ta’minlaydi;

milliy o‘zlikni anglashda mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmning yot g‘oyalariga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida yoshlar o‘rtasida ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;

xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Madaniyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(121-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 


13-modda. Mehnat organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Mehnat organlari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlarning bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qiladi, ularning bandligini ta’minlashda ishtirok etadi;

yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha tizimni tashkil etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Mehnat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


14-modda. Prokuratura organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Prokuratura organlari:

Oldingi tahrirga qarang.

yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

(14-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;

yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatda ishtirok etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Prokuratura organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

15-modda. Ichki ishlar organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Ichki ishlar organlari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatda ishtirok etadi;

yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;

yosh fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ichki ishlar organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


16-modda. Adliya organlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Adliya organlari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Adliya organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


17-modda. Mudofaa ishlari bo‘yicha organlarning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari

Mudofaa ishlari bo‘yicha organlar:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligini tashkil etishda ishtirok etadi;

yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tadbirlarda ishtirok etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Mudofaa ishlari bo‘yicha organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


18-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishtirok etishi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan yosh fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatadi;

(18-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;

yoshlarni tarbiyalash masalalari yuzasidan ta’lim muassasalari va boshqa muassasalar bilan hamkorlik qiladi;

tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi;

Oldingi tahrirga qarang.

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilikning ijro etilishi, davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

(18-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda boshqa organlar va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


19-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi

Nodavlat notijorat tashkilotlari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlarda hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirishda, ularni qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan qilib tarbiyalashda ishtirok etadi;

sog‘lom va barkamol yoshlarni tarbiyalashga, jamiyat hayotida ularning roli hamda faolligini oshirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;

yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni hamda ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashadi;

fan, sport, san’at va madaniyat sohasida yoshlarning ijodiy iste’dodi va qobiliyatini erta aniqlashga hamda rivojlantirishga ko‘maklashadi;

Oldingi tahrirga qarang.

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilikning ijro etilishi, davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

(19-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishda, yuqumli kasalliklarga va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklarga, ichkilikbozlikka, giyohvandlikka, zaharvandlikka, kashandalikka hamda o‘zga zararli illatlarga qarshi kurashishga doir profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishda, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda, yoshlar sportini ommaviy rivojlantirishda ishtirok etadi;

yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirishga, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashadi;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikda belgilangan tartibda yoshlarni o‘qitish bilan shug‘ullanishi mumkin;

(19-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

yoshlarni tadbirkorlikka jalb etishga, kasbga yo‘naltirishga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga ko‘maklashadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Davlat yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishini kafolatlaydi va ta’minlaydi.


20-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi

Ommaviy axborot vositalari:

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga, shu jumladan sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, jamiyat hayotida uning roli va faolligini oshirishga, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;

yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashishga doir tadbirlarda ishtirok etadi;

Oldingi tahrirga qarang.

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilikning ijro etilishi, davlat dasturlari va hududiy dasturlar ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

(20-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar, shuningdek fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.

(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


21-modda. Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotlari

Yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan, yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishni hamda himoya qilishni, shuningdek yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishni o‘zining maqsadlari deb biladigan, o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotdir.

Oldingi tahrirga qarang.

Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat moddiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda ta’lim muassasalarining binolaridan, klublar, madaniyat va aholi dam olish markazlaridan, sport inshootlaridan va boshqa inshootlardan foydalanish huquqini beradi.

(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti o‘z ustavida nazarda tutilgan, faoliyatini moddiy jihatdan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan binolarga, inshootlarga, uy-joy fondiga, uskunalarga, ashyolarga, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan mol-mulkka, pul mablag‘lariga, qimmatli qog‘ozlarga va boshqa mol-mulkka ega bo‘lishi mumkin.

O‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxs yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti a’zosi bo‘lishi mumkin. Yoshlarning nodavlat notijorat tashkilotiga a’zo bo‘lish, a’zolikni yo‘qotish shartlari va tartibi, shu jumladan yoshiga ko‘ra uning a’zoligidan chiqish shartlari tegishli nodavlat notijorat tashkilotining ustavida belgilanadi.


3-bob. Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish


22-modda. Yoshlar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunga muvofiq har bir yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi.

Yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Oldingi tahrirga qarang.

Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Davlat voyaga yetmaganlarni jazoni ijro etish muassasalarida va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlashda shaxsning huquqlariga va qadr-qimmati hurmat qilinishiga, insonparvarlik prinsiplariga rioya etilishini kafolatlaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Voyaga yetmaganlar uchun ular sodir etgan huquqbuzarlikning og‘irlik darajasi va ularning yoshi hisobga olingan holda jazoni ijro etish muassasalarida va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida qonunchilikka muvofiq tabaqalashtirilgan rejimda saqlash nazarda tutiladi.

(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


23-modda. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Qonunchilikda belgilangan tartibda yoshlar uchun quyidagilar kafolatlanadi:

(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi;

Oldingi tahrirga qarang.

bepul umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olish;

davlat ta’lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul kasb-hunar va oliy ta’lim olish;

(23-moddaning birinchi qismi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)

davlat sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalariga borish uchun shart-sharoitlar yaratish;

uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;

ta’lim muassasalarida o‘qish uchun imtiyozli kreditlar berish;

yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash;

o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin bandlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

mehnat sohasida yoshga doir o‘ziga xosliklarni inobatga olgan holda imtiyozlar berish va ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish;

ijtimoiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish chog‘ida yoshlarning ehtiyojlarini hisobga olish;

jamoat transportidan foydalanishda imtiyozlar berish.

Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan yosh fuqarolarni ishga joylashtirishga yordam qo‘shimcha ish o‘rinlari va ixtisoslashtirilgan korxonalarni barpo etish, o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni tashkil etish, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish joylarining eng kam miqdori zaxirasini yaratish yo‘li bilan ta’minlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kam ta’minlangan yosh oilalarga qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralari ko‘rilishi mumkin.

O‘quv jarayoni vaqtida o‘quvchilar va talabalarni jamoatchilik ishlariga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ular tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotining shakli bo‘lgan hollar yoxud o‘quvchilar va talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtida ixtiyoriy mehnat qilgan hollar mustasno. Mazkur mehnat faoliyatiga mehnat to‘g‘risidagi yoki fuqarolik qonunchilikka muvofiq shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

Qonunchilikda yoshlarni ijtimoiy himoya qilishning boshqa kafolatlari ham berilishi mumkin.

(23-moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


24-modda. Yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari

Yosh fuqarolar va yosh oilalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan quyidagilar vositasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari nazarda tutilishi mumkin:

oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar berish tizimini rivojlantirish;

yoshlarga ijtimoiy xizmat, ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tizimini rivojlantirish;

yoshlarning dam olishi va ularni sog‘lomlashtirishni tashkil etish tizimini rivojlantirish.

Oldingi tahrirga qarang.

Qonunchilikda yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa qo‘shimcha chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.

(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


25-modda. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash:

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikda belgilangan tartibda mukofotlar, stipendiyalar belgilash, ta’lim grantlari taqdim etish;

(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

fan, madaniyat va san’at sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil etishga ko‘maklashish;

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sport seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;

iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tanlovlar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar, festivallar, ko‘riklar, konsertlar, simpoziumlar, o‘qishlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish hamda o‘tkazish;

yoshlarga oid xalqaro tajriba almashuvi;

iqtidorli va iste’dodli yoshlarni ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va amaliyotni o‘tash dasturlaridan tanlov asosida foydalanishini ta’minlash;

ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish uchun yosh mutaxassislar va olimlarga shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish, shuningdek yoshlarning kadrlar salohiyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish;

sport-ta’lim muassasalari, klublari tarmoqlarini rivojlantirish, iqtidorli va iste’dodli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish;

Oldingi tahrirga qarang.

iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda rag‘batlantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

(25-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Qonunchilikda iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.

(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


26-modda. Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Davlat yoshlarning iqtisodiy mustaqilligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash:

davlat organlari tomonidan yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish;

yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida imtiyozli kreditlar berish;

yoshlarni tadbirkorlik faoliyati asoslari bo‘yicha o‘qitish, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni shartnoma asosida rivojlantirish;

yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan qonunchilikka muvofiq tegishli imtiyozlar va afzalliklar belgilanadi.

(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


27-modda. Yoshlar ijtimoiy xizmati

Yoshlarni va yosh oilalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyat ko‘rsatadi.

Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

yosh fuqarolarga psixologik-pedagogik, yuridik yordam ko‘rsatish va maslahatlar berish;

imkoniyati cheklangan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;

yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;

ta’lim va mehnat jamoalarida yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;

Oldingi tahrirga qarang.

yosh mutaxassislarga yangi ish joyiga moslashishida, ularni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish;

(27-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida ijtimoiy yordam ko‘rsatish;

ozodlikdan mahrum etish joylaridan va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yosh fuqarolarni ijtimoiy moslashtirish;

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘maklashish;

huquqiy targ‘ibot, yoshlarni ishga joylashish, ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlik borasida, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, turizm va sport sohasidagi imkoniyatlar to‘g‘risida xabardor etish;

yoshlarning yashash joylarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish.

Oldingi tahrirga qarang.

Yoshlar ijtimoiy xizmati o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham amalga oshirishi mumkin.

(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

4-bob. Yakunlovchi qoidalar


28-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash

Oldingi tahrirga qarang.

Yoshlarga oid davlat siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, homiylarning mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

29-modda. Nizolarni hal etish

Oldingi tahrirga qarang.

Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

30-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

31-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish

Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:

1) O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi 429-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 80-modda);

2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida”gi 430-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 81-modda);

3) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 102-modda) I bo‘limining 3-bandi;

4) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 90-modda) III bo‘limi;

5) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 714-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) I bo‘limining 8-bandi;

6) O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-197-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 3-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

32-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

(32-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2016-yil 15-sentabrdagi 182 (6617)-sonida e’lon qilingan.


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV


Toshkent sh.,

2016-yil 14-sentabr,

O‘RQ-406-son


━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

O‘zbekistonda 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi.

Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yoshlarda zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik g‘oyasi hamda qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida qator muammolar saqlanib qolmoqda.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etilsin.

2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish;

yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;

tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlash;

iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va iste’dodini rivojlantirish;

yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish;

yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish;

yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli loyihalariga grant mablag‘lari ajratish;

o‘z iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishi uchun yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirish bo‘yicha kuchli motivatsiya uyg‘otish maqsadida keng yoshlar davrasida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlar jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar o‘tkazish;

hududlarda yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida quduqlar burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish;

yoshlarning xalqaro fan olimpiadalari va tanlovlarda hamda yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash, yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga ko‘maklashish;

iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo‘lgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning farzandlari) bepul yo‘llanmalar asosida oromgohlarga yuborish;

yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish;

bitiruvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida biznes akseleratorlar tashkil etish;

O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish;

yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini o‘rgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish;

yoshlarni kasbga o‘rgatish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash;

ko‘rgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish;

biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va qo‘llanmalar yaratish;

iqtidorli yosh adib, rassom va hunarmandlar o‘rtasida ijodiy ko‘rik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish.

Belgilansinki, Agentlik Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirishni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlash orqali amalga oshiradi.

4. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Dasturda belgilangan tadbirlar, shuningdek, Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli vazirlik idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq hajmda va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish;

Farmon ijrosining doimiy monitoringi va tahlilini olib borish hamda ularning natijalari yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot va asoslantirilgan takliflar kiritib borish.

5. Agentlik:

a) 2020-yilda tegishli sohalarga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida respublikaning tuman (shahar)laridagi mahallalarda beshta muhim tashabbusni amalga oshirish uchun quyidagi zaruriy choralarni ko‘rsin:

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish uchun to‘garaklar tashkil etish hamda ularni musiqa jihozlari bilan ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda umumta’lim maktablari va sport inshootlarida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tag‘rib qilish maqsadida to‘garaklar tashkil etish va ularga sport anjomlari yetkazib berish;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yoshlarni qamrab olishga mo‘ljallangan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, umumta’lim maktablarida axborot texnologiyalari yo‘nalishida to‘garaklar tashkil etish va kompyuter jihozlari bilan ta’minlash;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va kutubxonalarga badiiy adabiyotlarni yetkazib berish;

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tikuv va to‘qimachilik korxonalarida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularni kasb-hunarga o‘qitish;

b) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda hududlar kesimida ishsiz yoshlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan manzilli, shu jumladan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirsin:

“Fidoyi yoshlar otryadlari”ni tuzish orqali ishsiz yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb etish;

“Yoshlar qurilish otryadlari”ni tashkil etish va oliy ta’lim muassasalari talabalarini yozgi ta’til vaqtida haq to‘lanadigan qurilish ishlariga jalb etish;

Oldingi tahrirga qarang.

v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda asosiy faoliyati quyidagilarga yo‘naltiriladigan ko‘ngilli yoshlardan iborat volontyorlik guruhlarini shakllantirsin:

(5-band “v” kichik bandining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)

Oldingi tahrirga qarang.

qarovsiz va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslar va imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘maklashish;

(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)

tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;

g) yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida tizimli ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazsin hamda yakuni bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ular yuzasidan tahliliy hujjatlar kiritsin;

d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasini shakllantirsin.

6. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni doirasidagi:

hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarni “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinadi;

loyihalarni kreditlash bozor tamoyillari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar biznes loyihalari uchun ajratilgan summasi 2 milliard so‘mdan, foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining:

Jamg‘armani 2021-yil 1-yanvardan mustaqil nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etish;

2021-yil 1-yanvardan boshlab “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan resurs mablag‘lari bo‘yicha tijorat banklarining Jamg‘arma oldidagi majburiyatlarini Davlat budjeti oldidagi majburiyatlar sifatida qayta rasmiylashtirish va har yili ushbu majburiyatlarning Davlat budjetiga qaytarilgan qismi hisobidan Agentlikning ustuvor dasturiy vazifalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;

Jamg‘arma tomonidan uning va filiallari tuzilmasi, shtatlar birligini olingan daromadlaridan kelib chiqib mustaqil belgilash hamda Jamg‘armaning tuman (shahar) filiallarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.

8. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va yuqori saviyada amalga oshirish uchun qo‘shimcha daromad manbaalarini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2020-yilda Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar uchun mablag‘lar ajratsin, 2021-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yil uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.

10. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur Farmon ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — hududlar, vazirlik, idora va tashkilotlar kesimida yoshlar siyosati samaradorligini baholab borish va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar belgilash, mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini ta’minlash choralarini ko‘rsin;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori — yoshlar orasidan istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishni nazarda tutuvchi tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirish va joylardagi muammolarni hal etishda faol ishtirok etuvchi, rahbarlik lavozimlariga munosib yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Vatan iftixorlari” institutsional tizimini joriy etsin;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari — yoshlar muammolarini o‘rganib, ularning hal etilishiga ko‘maklashsin, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berib borsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


Toshkent sh.,

2020-yil 30-iyun,

PF-6017-son



━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoniga muvofiq:

1. Quyidagilar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:

Oldingi tahrirga qarang.

71 shtat birligidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son)

Oldingi tahrirga qarang.

10 652 shtat birligidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining hamda tuman (shahar) bo‘limlarining tuzilmalari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son)

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) direktoriga zarurat bo‘lganda, Agentlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari, shuningdek, idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining yoshlar hayoti, orzu-intilish va muvaffaqiyatlarini keng yoritish, muammo va kamchiliklari yechimiga qaratilgan ko‘rsatuv, maqola va eshittirishlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari va nashriyotlardagi ulushlarini Agentlikka berish hamda Agentlik tomonidan ular negizida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Yoshlar media xoldingi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.

Agentlik uch oy muddatda “Yoshlar media xoldingi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Agentlik:

yoshlar yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirish va rivojlantirishda har tomonlama tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatsin;

uch oy muddatda “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

Agentlik yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, shuningdek, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi;

Agentlikning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchun majburiydir;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (filial direktorining birinchi o‘rinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son)

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Agentlik bilan majburiy ravishda kelishiladi;

Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashlari yig‘ilishlarida yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo‘yicha axborot beradi;

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari va tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan so‘rov yuborish huquqiga ega;

Agentlik davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;

 LexUZ sharhi

4-bandning sakkizinchi xatboshisi norasmiy tarjima.

Agentlik yoshlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga mas’ul hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

5. Belgilansinki:

a) Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

b) Agentlik direktorining o‘rinbosarlari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari Agentlik direktori taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

v) maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlariga ko‘ra:

Agentlik direktori — vazirga, uning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazir o‘rinbosarlariga;

Agentlikning markaziy apparati xodimlari — vazirliklar markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari xodimlari esa — vazirliklar hududiy bo‘linmalari xodimlariga tenglashtiriladi;

g) Agentlik markaziy apparati xodimlariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar miqdorda, Agentlik hududiy bo‘linmalari xodimlariga 1,2 baravar miqdorda qo‘llaniladi.

6. Agentlik direktori ikki oy muddatda Agentlikning unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.

7. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining uning Markaziy va hududiy kengashlari balansidagi va operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlari, shuningdek, mol-mulklarini (faoliyatini ta’minlashga yetarli qismini o‘z balansida saqlab qolgan holda) o‘rnatilgan tartibda davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida tegishlicha Agentlik va uning hududiy bo‘linmalariga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Agentlikning markaziy apparati Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 11-uy manzildagi binoga joylashtirilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Agentlik, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 7-bandida ko‘zda tutilgan bino va inshootlar, shuningdek, mol-mulklarni xatlovdan o‘tkazsin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu mol-mulklarning O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini ta’minlashga yetarli qismini uning balansida saqlab qolgan holda Agentlik va uning hududiy bo‘linmalariga o‘tkazilishini ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Agentlik, Moliya vazirligi Yoshlar markazlari va yoshlar uchun mo‘ljallangan boshqa infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari Agentlikka ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishini inobatga olsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar “Yoshlar ijod saroyi” qoshidagi Yoshlar simfonik orkestri negizida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrini tashkil etish va amaldagi mehnatga haq to‘lash shartlari saqlanib qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tuzilmasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni 2020-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi uchun davlat budjetida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan ajratsin, 2021-yildan boshlab esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishini ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilarini saqlash xarajatlarini qoplash yuzasidan taklif kiritsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik va uning hududiy bo‘linmalarini belgilangan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni, shuningdek, zarur aloqa, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.

13. Agentlik:

moliya, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, bandlik va mehnat munosabatlari, ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, boshqa vazirlik va idoralarning statistika axboroti;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari majburiy yuboriladigan reyestrga kiritilsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini (keyingi o‘rinlarda – Institut) Agentlik tuzilmasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi monitoringini olib borish, yoshlar muammolarini tizimli o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqish;

davlat hokimiyati, vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, yosh boshqaruv xodimlarini professional jihatdan rivojlantirish uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash;

yoshlarga oid qonun hujjatlari va davlat dasturlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

vazirlik, idora va tashkilotlar buyurtmalari asosida yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish;

yoshlar duch kelayotgan dolzarb muammolar, ularning barqaror rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan tahdidlarni aniqlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;

yoshlar sohasidagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishga qaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, anjumanlar, “davra suhbatlari” va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish;

yoshlar masalalarida O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy va xalqaro hamkorlik istiqbollari borasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish.

15. Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

16. Belgilansinki:

Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Institut asosiy faoliyati yoshlar muammolarini o‘rganish, mazkur yo‘nalishda ilmiy va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish hamda istiqbolli yosh kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat muassasasi hisoblanadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Institut faoliyatiga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi;

Institut direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy rag‘batlantirish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlariga ko‘ra Institut direktori — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektoriga, xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining xodimlariga tenglashtiriladi;

Institut direktoriga xodimlariga moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi hisobidan tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida oylik ustamalar belgilash, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa moddiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash huquqi beriladi;

o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Institut shartnoma asosida ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.

17. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy dasturlarida nazarda tutilgan mablag‘lar;

xo‘jalik faoliyati hamda shartnoma asosida o‘quv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalari, axborot-tahlil hamda tahririy-nashriyot ishlarini bajarish, ta’lim va boshqa xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar.

18. Institut Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

19. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2020-yilda Agentlik hamda Institut ta’minoti uchun mablag‘lar ajratsin, 2021-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgunga qadar xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yil uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin;

Agentlik markaziy apparati uchun 8 ta xizmat avtotransport vositasini, shu jumladan 6 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat avtotransport vositasi, 1 ta navbatchi avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus hamda hududiy boshqarmalar uchun 14 ta xizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin.

20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3206-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

21. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

22. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

Agentlik direktori — ushbu qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul vazirlik, idora hamda tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin, belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlasin;

mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.

23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


Toshkent sh.,

2020-yil 30-iyun,

PQ-4768-son

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PF-6017-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Yoshlar ishlari agentligining huquqiy maqomi va tuzilmasi;

Agentlik va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari;

Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, direktor o‘rinbosarlarining soha yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;

Agentlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hay’at va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlarining huquqiy maqomi;

Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi.

2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2020-yil 11-sentabr,

550-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentabrdagi 550-son qaroriga

ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risida

nizom

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va mas’uliyati, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.

2. Agentlik O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, shuningdek, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) bo‘ysunadi.

3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

4. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

5. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z nomi yozilgan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

7. Agentlikning rasmiy nomlanishi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, qisqartirilgan nomi — Yoshlar ishlari agentligi;

b) ingliz tilida:

to‘liq nomi — Youth Affairs Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Youth Affairs Agency;

v) rus tilida:

to‘liq nomi — Agentstvo po delam molodeji Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po delam molodeji.

8. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 11-uy.

2-bob. Agentlikning tuzilmasi

9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Agentlikning markaziy apparati;

Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar);

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti;

“Yoshlar media xoldingi” aksiyadorlik jamiyati (Agentlik muassis va aksiyalarining ulushlari doirasida).

10. Hududiy bo‘linmalar (tumanlar va shaharlar bo‘limlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.

3-bob. Agentlik va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari

11. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish;

yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;

tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlash;

iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va iste’dodini rivojlantirish;

yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish;

yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish;

yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

12. Agentlik o‘zga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid yagona davlat siyosati asoslarini, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga muvofiq o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan vazifalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosini ta’minlaydi, davlat organlari va tashkilotlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda hamkorligini ta’minlaydi;

yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari hamda loyihalarning samarali ijro etilishi monitoringini olib boradi;

demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarida yoshlar rolini oshirish ishlarini tashkil etadi;

b) mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi ishlar holatini doimiy ravishda o‘rganib boradi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

ilg‘or xorijiy tajriba asosida yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo‘nalishidagi faoliyati yuzasidan so‘rovlar yuboradi va ular faoliyatini tahlil qiladi;

v) yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

yoshlarning ta’lim, ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi faoliyati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi, zarur hollarda ushbu vazifalarni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini jalb qilgan holda amalga oshiradi;

o‘z vakolatlari doirasida yoshlar huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid faoliyatini tahlil qiladi, baholaydi va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi, shuningdek, ushbu sohadagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

yoshlarga oid qonun hujjatlari ijrosining holati to‘g‘risidagi axborot va materiallarni tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

g) yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash sohasida:

yoshlarni turli axborot xurujlari, radikal g‘oya va yot mafkuralardan himoya qilish, yosh avlodni Vatan manfaati yo‘lida birlashtirish, mamlakatimiz tarixini va milliy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, diniy bag‘rikenglik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish choralarini ko‘radi;

o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’nan va jismonan barkamol voyaga yetkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli tashkiliy, targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi;

yoshlarning ilm-fanni egallashga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi;

yoshlarning axborot borasidagi xavfsizligi kafolatlarini yaratish, axborot vositasida qonunga xilof ravishda yoshlarga ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan hamda ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishda zarur tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlar ongida milliy g‘ururni shakllantirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladigan publitsistik, chizma, foto va video materiallarni tayyorlaydi hamda targ‘ib qilish choralarini ko‘radi, xorijiy ommaviy axborot vositalarida turli materiallar joylashtirish orqali mamlakatimiz ijobiy imijini shakllantiradi;

d) yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etish sohasida:

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishlariga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan yoshlarga ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlarning huquqlari va erkinliklari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi;

yoshlar o‘rtasida salbiy holatlar yuzaga kelishining oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar natijadorligini oshirishda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qiladi;

yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning fikr-mulohazalarini o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha tegishli tadbirlarni belgilaydi;

e) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik o‘rnatadi;

nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga g‘oyaviy-metodik, ilmiy-amaliy va tashkiliy-huquqiy jihatdan ko‘maklashadi;

nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan yoshlarga oid muammoli masalalar, shu jumladan, ularni hal etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni o‘rganadi va tahlillar asosida tegishli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi;

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, madaniyat, san’at, kitobxonlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, ekologiya va boshqa sohalarda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

z) yoshlarga oid dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash sohasida:

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlaydi;

yoshlarning ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari, tashabbuslari, ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi;

yoshlar siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlar uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlaydi hamda ularning maqsadli va samarali ishlatilishi monitoringini olib boradi;

davlat organlari va tashkilotlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

mahalliy va xalqaro tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik qiladi, ularning yuqori malakali mutaxassislari ishtirokida treninglar, konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar o‘tkazadi;

j) tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini ta’minlash sohasida:

tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar bo‘yicha ishlar holatini muntazam ravishda o‘rganadi, ularni ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radi;

tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ishga joylashtirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatadi, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;

o‘z vakolatlari doirasida tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;

i) iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuborish, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlash, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning intellektual salohiyati va iste’dodini rivojlantirish sohasida:

yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, madaniyat va san’atga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi hamda bu boradagi tadbirlar tizimli amalga oshirilishini ta’minlaydi, yoshlar o‘rtasida tanlov, festival, forum, musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalarni rag‘batlantirishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

yoshlar, yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi, tanlovlar tashkil etadi va o‘tkazadi;

yosh avlodni jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylantirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, ularni “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga keng jalb qilish choralarini ko‘radi;

yoshlar o‘rtasida volontyorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi, ular faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

yosh xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularga zamonaviy kasb-hunar o‘rgatishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etadi;

k) yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish sohasida:

yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar, jumladan, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni monitoring qilib boradi, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari bo‘yicha respublika miqyosida tanlov o‘tkazadi va g‘oliblarga grantlar, yoshlarga quduqlarni burg‘ulash (qazish), sug‘orish vositalari, yengil konstruksiyali issiqxonalar, urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratadi;

yoshlar tadbirkorligi sohasida forum, tadbir va yarmarkalar o‘tkazadi, yosh tadbirkorlarning xalqaro forum va yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlaydi, joylardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etadi;

yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sug‘urta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy ko‘maklashish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplaydi, tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha biznesni yo‘lga qo‘yishdan daromad olishgacha bo‘lgan masalalarni o‘rgatishga qaratilgan masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi va qo‘llanmalar yaratilishini ta’minlaydi;

yoshlarning tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni, yoshlar ishsizligi sabablarini o‘rganadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yoshlar, ayniqsa, yosh oilalarni tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, yoshlarning o‘zini o‘zi band qilish, jumladan, frilanserlik faoliyatini rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi;

l) yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish sohasida:

yoshlar o‘rtasida xalqaro intellektual, sport va madaniy aloqalarni mustahkamlash, bu borada konferensiya, ko‘rgazmalar, ijodiy safarlar tashkil etish, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan tanlovlar, festivallar va boshqa tadbirlarda iqtidorli va iste’dodli yoshlar ishtirokini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ilg‘or xalqaro tajriba asosida O‘zbekistonda yoshlar siyosati samaradorligini baholash va mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshiradi, “Yoshlar siyosatini baholash milliy indeksi” asosida mamlakatning xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish choralarini ko‘radi;

xorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yoshlar bilan muloqotlar olib boradi, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida takliflar tayyorlaydi hamda bu borada vakolatli organlar bilan hamkorlik qiladi;

m) yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, nou-xau va ilg‘or texnologiyalar hamda grant va kredit mablag‘larini jalb qilish zarur bo‘lgan soha va yo‘nalishlarni aniqlaydi hamda ular bo‘yicha loyihalar ishlab chiqadi;

yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish maqsadida xorijiy kredit va grantlarni jalb qilish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazadi;

yoshlarning ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalardagi iqtidori va iste’dodini rivojlantirish, ularni birlashtiradigan zamonaviy infratuzilma obyektlarini tashkil etish loyihalari uchun xorijiy investitsiyalar hamda grant mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘radi.

13. Agentlik hududiy bo‘linmalarining hududlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan asosiy vazifalari va funksiyalari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.

4-bob. Agentlik va uning hududiy bo‘linmalarining huquqlari va majburiyatlari

1-§. Agentlikning huquqlari va majburiyatlari

14. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha qonun hujjatlari bajarilishini, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari ishtirokida o‘rganish;

o‘z vakolatlari doirasida yoshlar, jumladan, tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish;

o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;

davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarga oid davlat siyosati masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislari, yig‘ilishlari va hay’at majlislarida ishtirok etish;

o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar hamda ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha loyihalarni saralab olish uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;

tarkibiy va hududiy bo‘linmalarda ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Agentlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish hamda profilaktikasini amalga oshirish;

yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ilmiy va amaliy tadqiqotlarga yo‘naltiriladigan Davlat budjeti moliyaviy resurslarini taqsimlashda ishtirok etish;

vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish va olingan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etish;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va yoshlar masalalarini yoritish uchun matbuot organlarini ta’sis etish;

o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida Agentlik va uning idoraviy tuzilmalariga tegishli davlat mulkini belgilangan tartibda bepul foydalanish huquqi bilan bir hududiy bo‘linmadan boshqasiga topshirish;

binolarga xizmat ko‘rsatish, asbob-uskunalar, xo‘jalik jihozlari, avtotransport, aloqa vositalari, kompyuter va tashkiliy texnikalarni saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minotni xarid qilish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari hamda Agentlik idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini ko‘rish;

qonun hujjatlariga muvofiq Agentlikning ijtimoiy infratuzilmasini barpo etish va takomillashtirish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

15. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javobgar bo‘ladi.

2-§. Agentlik hududiy bo‘linmalarining huquqlari va majburiyatlari

16. Agentlik hududiy bo‘linmalari quyidagi huquqlarga ega:

yoshlarga oid qonun hujjatlarining ijro etilishini, shu jumladan, hududlarda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini o‘rganish va tahlil qilish;

o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;

o‘z vakolatlari doirasida yoshlar, jumladan, tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning huquqlarini himoya qilish hamda yoshlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga yoshlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlari hududiy bo‘linmalarining yoshlar masalalari bilan bog‘liq majlislari, yig‘ilishlari, hay’atlarida ishtirok etish;

axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining hududiy bo‘limlari, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish.

17. Agentlik hududiy bo‘linmalari quyidagi majburiyatlarga ega:

yoshlarga oid qonun hujjatlari, Agentlik direktori va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari, shuningdek, o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

yoshlar sohasidagi respublikaning tegishli dasturlari va sohalarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq holda hududlarni rivojlantirish dasturlarining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining holati to‘g‘risida Agentlikka haqqoniy tahliliy va boshqa axborotni taqdim etish.

5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari

18. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tanqidiy tahlillar o‘tkazish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq istiqboldagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlarida va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan qatnashish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari ko‘rsatmalarini bajarish;

o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasidagi majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining ma’lum bir sohalarini boshqarishda o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

Agentlikning faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlikning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlik tizimida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar kadrlari zaxirasini shakllantirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi va o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;

Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha buyruqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur bo‘lganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qo‘yish);

Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijalarini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, Agentlik yig‘ilishlarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalar asosida zarur choralar ko‘rish;

Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, egallab turgan lavozimlarda keyinchalik qolishining maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

Agentlik, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali o‘zaro aloqani tashkil qilish, ularning faoliyatida Agentlik rahbariyati va xodimlarining faol ishtirokini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qilgan axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, O‘zbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;

zarurat bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;

Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar nizomlarini hamda ustavlarini tasdiqlash;

Agentlik markaziy apparati xodimlari, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar qabul qilish hamda ko‘rsatmalar berish;

Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish, shuningdek, soha tarmoqlarini rivojlantirishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy yorliqlar hamda boshqa rag‘batlantirishlar bilan taqdirlash;

Agentlik mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;

Agentlik xodimlarini hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini tizimli ravishda tayyorlash va xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.

19. Quyidagilar direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

direktor vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Agentlikning o‘zi nazorat qiladigan idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;

Agentlik faoliyatining o‘zi nazorat qiladigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;

o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarn to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;

o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalari direktor tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida direktorning topshirig‘iga asosan ishtirok etish;

Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;

xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

sohaga oid masalalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;

o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha direktorga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etish, o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va ularni ko‘rsatish sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

o‘z faoliyati sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quv darajasi va sifatini tubdan oshirishga ko‘maklashish, kadrlarni, shu jumladan, xorijdagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

o‘z faoliyati sohasida xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

jumladan, soha yo‘nalishlari bo‘yicha:

a) direktorning birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari:

davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining yoshlarga oid siyosatini muvofiqlashtirish;

yoshlarga oid qonunchilik tashabbuslari bilan chiqish va huquqiy savodxonlikni oshirish;

yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;

b) direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalari:

yoshlar o‘rtasida innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish;

yoshlarni ilm-fanga jalb qilish va ularga motivatsion ko‘maklashish;

yoshlar tashkilotlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

v) direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalari:

yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish;

yoshlar o‘rtasida volontyorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

g) direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalari:

yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;

Agentlik tizimining moliyaviy-iqtisodiy asoslarini hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

20. Quyidagilar Agentlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli bo‘linma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Agentlikning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni direktorning tegishli o‘rinbosariga kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va farmoyishlari, uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmalari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;

tarkibiy bo‘linmalar faoliyati sohalariga oid qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda direktor o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda va o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Agentlik rahbariyati topshirig‘iga asosan ishtirok etish;

tarkibiy bo‘linmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;

xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlik xodimlarining Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Agentlik rahbariyatiga takliflar kiritish.

21. Quyidagilar Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

hududiy bo‘linmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Agentlikning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi ta’minlanishi, ijro intizomi mustahkamlanishi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;

Agentlik hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari, farmoyishlari va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmalari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlarini boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;

hududiy boshqarmalar va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash;

hududiy boshqarmalarda va tumanlar (shaharlar) bo‘limlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;

Agentlik rahbari nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boshqarmalar xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam choralar ko‘rish;

hududiy boshqarmalar xodimlarining va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmalarda, davlat arxivlari va ularning filiallarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari va ularning bo‘linmalari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Agentlikka kiritish;

hududiy boshqarmalar xodimlari va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar va ularning bo‘linmalari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ko‘rib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan, sayyor qabullar o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

hududiy boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida Agentlikka takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Agentlikning hududiy boshqarmalari va ularning bo‘linmalari manfaatlarini ifoda etish.

6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi

22. Agentlik direktori:

mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, Agentlik ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi;

amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiya va konsepsiyalarda ko‘zlangan natijalarga erishilishi, ularning yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga ta’siri;

Agentlik tizimida ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi uchun javobgar bo‘ladi.

23. Agentlik direktorining o‘rinbosarlari:

ishonib topshirilgan yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida bajarilishi hamda natijadorligi;

mutasaddilik qilinayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha sohalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javobgar bo‘ladi.

24. Agentlik hududiy bo‘linmalarining boshliqlari:

yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli bajarilishini tashkil etish;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilik, Agentlik rahbarlarining topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish holati to‘g‘risida Agentlikka haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish yuzasidan javobgar bo‘ladi.

7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish

1-§. Agentlik rahbariyati

25. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Agentlik direktorining o‘rinbosarlari, shu jumladan, birinchi o‘rinbosari Agentlik direktori taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlariga ko‘ra — vazirga, uning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazir o‘rinbosarlariga, Agentlikning markaziy apparati xodimlari — vazirliklar markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari xodimlari esa — vazirliklar hududiy bo‘linmalari xodimlariga tenglashtiriladi.

26. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

2-§. Agentlik hay’ati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari

27. Agentlikda direktor (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy bo‘linma va idoraviy mansub, tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik direktori taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

28. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Agentlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Agentlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

tizimli ravishda Agentlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;

Agentlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Agentlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish;

hay’at Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.

29. Hay’at majlisiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.

30. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

31. Hay’at qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

32. Direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini xabar qilishi mumkin.

33. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.

34. Agentlik huzurida direktor (Kengash raisi), Agentlikning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari hamda faol yoshlardan iborat tarkibda yoshlar masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Jamoatchilik kengashi) tashkil etiladi.

Jamoatchilik kengashi a’zolarining soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Kengash raisiga Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror asosida uning shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.

Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;

yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturiy hujjatlarning amaliy ijrosi mexanizmlarini tanqidiy ko‘rib chiqish;

yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqishda, shu jumladan, ishlab chiqilayotgan va Agentlikka ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini muhokama qilish hamda xulosalar berish;

Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashish.

8-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari

35. Agentlik faoliyati muntazam baholab boriladi.

36. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ishchi indikatorlarga asoslanadi.

37. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:

Agentlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.

38. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

9-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish

Oldingi tahrirga qarang.

39. Agentlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, qo‘shimchalar, ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan tashkil topadi.

Agentlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari xodimlariga uzoq muddat xizmati uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haq to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):

1 yildan 3 yilgacha — 0,5;

3 yildan 5 yilgacha — 0,8;

5 yildan 10 yilgacha — 1,0;

10 yildan 15 yilgacha — 1,2;

15 yildan ortiq — 1,5.

(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)

Oldingi tahrirga qarang.

40. Agentlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining uzoq muddat xizmati uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji, Agentlik tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.

(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)

10-bob. Agentlikning hisobot berishi

41. Agentlik rahbarlari o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

42. Vazirlar Mahkamasi Agentlik rahbarlarining faoliyatining yuklangan vazifalarning ular tomonidan samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoringini olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligini xolisona baholaydi.

43. Monitoring va baholash natijalariga ko‘ra Agentlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan esa, tegishli javobgarlik choralari qo‘llaniladi.

11-bob. Yakunlovchi qoida

44. Agentlik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2020-y., 09/20/550/1274-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)


Foydali resurslar