Im-fan va ilmiy faoliyat sohasi


21-Oktabr, 2020-yil 10:28 1440

2019  yil 29 oktyabrdagi OʼRQ–576-son


4 - modda. Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʼnalishlari


  • ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda samaradorligiga erishish;
  • ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va resurslarni maqsadli yoʼnaltirish;
  • davlat ilmiy dasturlarini ishlab chiqish, asoslantirilgan tashabbus va loyihalarni qoʼllab-quvvatlash;
  • ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʼllab-quvvatlash;
  • ilm-fanga intilish va uning jozibadorlik muhitini shakllantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh isteʼdod egalarini tayyorlab borish.


11-modda. Yoshlarni ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etish


  • tegishli davlat dasturlarini ishlab chiqish;
  • taʼlim tashkilotida isteʼdodlarni aniqlash, tanlash, tarbiyalash boʼyicha tegishli chora-tadbirlar olib borish;
  • tegishli yoʼnalishlar boʼyicha ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, maxsus sinflar, markazlar va oʼquv kurslari tashkil etish;
  • taʼlim jarayonida egallangan bilimlarni kundalik turmush va kasbiy faoliyatda samarali qoʼllay olishga qaratish;
  • taʼlim oluvchilar oʼrtasida turli tanlovlar uyushtirib borish va ragʼbatlantirish;
  • chet el yetakchi ilmiy tashkilotlari va taʼlim muassasalariga magistratura va doktorantura dasturlarini oʼtash, malaka oshirish, tajriba orttirishga yuborish orqali va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
  • yosh olimlarning ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlardagi ilmiy uyushmalari davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlanadi.
  • Ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalarida yosh olimlar va talabalarning ilmiy faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi lozim.


#imtiyoz