Ochiq ma'lumotlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida


21-Oktabr, 2020-yil 11:38 2741

2019 yil 24 oktyabrdagi PQ-4498-son


Oʼzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi 2019 yil 1 noyabrga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi toʼgʼrisida»gi PF-5466-son Farmoni doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun АT Xalq banki ustav kapitalini 250 milliard soʼmga, «Mikrokreditbank» АTB ustav kapitalini 170 milliard soʼmga va «Аgrobank» АTB ustav kapitalini 290 milliard soʼmga oshirish uchun mablagʼlar ajratsin.


Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oilaviy tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda ajratilgan resurslar doirasida vakolatli banklar moliyalashtiradigan yoshlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar roʼyxatini shakllantirsin.


#imtiyoz