Ochiq ma'lumotlar

Qishloq xoʼjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish


21-Oktabr, 2020-yil 11:19 2682

2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4830-son


Qarz bitimiga muvofiq Loyiha doirasida jalb etiladigan qoʼshimcha qarz mablagʼlari quyidagilarga yoʼnaltirilishi belgilansin:


qishloq xoʼjaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish boʼyicha kredit ajratish uchun — 39,8 mln АQSh dollari. Bunda klaster va kooperatsiyalar hamda ularga aʼzo boʼlgan tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlashga — 30,3 mln АQSh dollari, yoshlar va ayollar uchun — 5 mln АQSh dollari miqdorida, Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasiga 4,5 mln АQSh dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;


irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun — 3,1 mln АQSh dollari. Bunda oʼrmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos oʼrnatish orqali suv chiqarishga 2 mln АQSh dollari sarflanadi;


qishloq xoʼjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish boʼyicha — 4,1 mln АQSh dollari.


#imtiyoz