Ochiq ma'lumotlar

Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid


21-Oktabr, 2020-yil 10:55 2911

2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son


Tijorat banklariga yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shu jumladan ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga yosh oilalar uchun nazarda tutilgan shartlarda, ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish maqsadida imtiyozli ipoteka kreditlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kreditlar ajratish tavsiya etilsin.


Belgilansinki, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining dastlabki badali O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.


#imtiyoz