Tilimiz uchun!
O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sifatli ma'lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirish maqsadida WikiStipendiya marafoni yo‘lga qo‘yildi.
Marafonda eng faol qatnashgan ishtirokchilar quyida ko‘rsatilgan qiymatdagi bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:
1. 50 000 000 so‘m
2. 40 000 000 so‘m
3. 30 000 000 so‘m
kuchli beshtalik 20 000 000 so‘m
kuchli o‘ntalik 10 000 000 so‘m.
Vikipediya — koʻp tillik, erkin, internet ensiklopediya hisoblanib, koʻngillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qoʻllab-quvvatlanadi.
Vikipediyaga maqola yozish uchun asosiy yo‘nalishlar:
1. Tabiiy fanlar
2. Tarix va davr
3. Madaniyat va san’at
4. Falsafa va din
5. Texnika va texnologiyalar
6. Inson va jamiyat
7. O‘yinlar va sport
8. Geografiya.
“WikiStipendiya” marafoni va unda ishtirok etish qoidalari haqida yanada kengroq bilib olish uchun 👇🏻 https://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:WikiStipendiya_marafoni