Muhammadfozil Ismoilov Dilshodbek o‘g‘li
"Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovi respublika bosqichi g'olibi
Birinchi yutug'im 2017-yil rus tili fani bo'yicha "Bilimlar bellashuvi" musobaqasida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritganman. 2018-yil "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichida 2-o'rin, 2019-yil viloyat bosqichida 1-o'rinni respublika bosqichida faol ishtirok etganman. 2020-yilda esa Allohning inobatga ila "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovi respublika bosqichi g'olibi bo'ldim.
Ismoilov Muhammadfozil Dilshodbek o'g'li.
Men 2006-yil 25-aprelda Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani, Oqmaschit qishlog'ida dunyoga kelganman. 2013-yil 50-umumiy o'rta ta'lim maktabining 1-sinfiga qabul qilinganman. Oilada uch kishimiz. Onam, akam va men. Onam Muqimjonova Mukammalxon Mansurovna tarix va huquq fanlari bo'yicha oliy toifali o'qituvchi. Akam Ismoilov Kamronbek Dilshodbek o'g'li Farg'ona viloyati ichki ishlar akademik litseyi 3-bosqich talabasi.Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani
50-umumta’lim maktabi o‘quvchisi